Shirinliklar

Paxlava 

 

Masalliqlar

  • un - 3-4 stakan
  • shakar - 5 osh qoshiq
  • sariyog' - 30 gr
  • tuxum - 3 dona
  • asal - 200 ml
  • suv - 0,5 stakan
  • dolchin (koritsa) - 1 choy qoshiq
  • qatiq - 1 stakan
  • shakar upasi - 1 osh qoshiq
  • qavartma - 18 gr
  • mayiz - 100 gr
  • margarin - 250 gr
  • yong‘oq - 2 stakan

Tayyorlash usuli

Paxlava ko‘pchilik mamlakatlarda milliy shirinlik hisoblanadi va o‘zining xilma-xil tayyorlanish jarayoni bilan ko‘pchilikni hayratga solib keladi. Mazkur shirinlikni tayyorlash bo‘yicha har bir beka o‘z retseptiga ega. Lekin sizga taqdim etilayotgan retsept alohida xushta'mga ega.
1-bosqich
Masalliqlar tayyorlab olinadi: xamir (tindirilgan bo‘lishi lozim), yong‘oq, asal, sariyog‘, shakar upasi, dolchin, suv, shakar hamda tuxum sarig‘i.


2-bosqich
Nachinkani tayyorlash uchun blenderda (yoki go‘shtqiymalagichda) yong‘oq, mayiz, shakar upasi hamda dolchin maydalanadi. Bir nechta yirik yong‘oq bo‘laklari maydalanmay, chetga olib qo‘yiladi.


3-bosqich
Xamir teng zuvalachalarga bo‘lib chiqiladi (6-10 dona).


4-bosqich Xamir ingichka qilib yoyiladi. Ozgina un sepib yoyilsa, xamir oson yoyiladi.


5-bosqich
Qolipga sariyog‘ surtiladi.


6-bosqich
Ehtiyotkorlik bilan qolip ostiga 2 dona yoyilgan xamir bo‘lagi qo‘yiladi va xamirning ustiga ham sariyog‘ surtiladi.


7-bosqich
Xamir ustiga nachinka surtiladi.


8-bosqich
Ketidan yana bir dona yoyilgan xamir bo‘lagi qoplanadi va ustidan sariyog‘ surtiladi. Mazkur jarayon xamir bo‘laklari va nachinka tugamagunga qadar takrorlanadi.


9-bosqich
Xamirning eng so‘nggi yoyilgan zavalasi bilan pishiriq usti qoplanadi va ustiga tuxum sarig‘i surtiladi. So‘ngra faqat ustki qismidagi xamir pichoq bilan romb shaklida bo‘laklanib, yong‘oq bilan bezaladi. Pishiriq avvaldan 180° Sgacha qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqa davomida pishiriladi.


10-bosqich
Pishgandan so‘ng ozgina sovigach, ustidan qiyom quyiladi.

Yoqimli ishtaha!

 

Rogalikli bulochkalar 

Masalliqlar

  • kungaboqar yog'i - 3 osh qoshiq
  • un - ta'bga ko'ra
  • shakar - o,5 stakan
  • tuxum - 1 dona
  • xamirturush - 1 osh qoshiq
  • sut - 250 gr
  • margarin - 100 gr
  • murabbo - ta'bga ko'ra

Tayyorlash usuli

  • Iliq sutga yog', shakar,tuxum,droja solib yaxshilab aralashtiramiz.
  • Un qo'shib yumshoq xamir qorib, 1-2 soatga o'rab qo'yamiz.
  • Xamir oshgach 2ta zuvala yasab, lagandek kattalikda yoyamiz.Yuziga xona haroratida yumshagan margarinni surtib konvert shaklida xamirni buklaymiz.
  • Ustiga selofan yopib 1,5 soatga muzlatgichga qo'yamiz.
  • Aytilgan vaqt o'tgach 1-xamirdan yong'oqdek zuvalacha uzib, dumaloq yasab, ustini yopib qo'yamiz(zuvalachalar yana oshguncha 2-xamirni yoyib,o'rab turish mumkin).
  • Birozdan so'ng zuvalalarni yoyib,murabbo solib rasmda ko'rsatilgandek o'raymiz.



  • 2-zuvala xamirni ham yoyib rasmdagidek kesamiz.
  • Ichiga xoxishga qarab murabbo, mayiz, yong'oq, yeryong'oq(men murabbo va sir soldim)solib o'raymiz.

  • Gaz listini yog'lab, orasini ochiqroq qilib bulochkalarni terib(pishganda ishadi), ustini sochiq bn yopib yana yarim soatga issiqroq joyga qo'yamiz.
  • So'ng yuziga tuxum sarig'i surtib, kunjut sepamiz.
  • Tuxum sarig'i va kunjut sepmay pishirib,issiqligida shakar upasi sepish mumkin
  • Qizigan duxovkada 15-20 daqiqada pishirib olamiz. 


Pesochny pechenesi 

Masalliqlar

  • un - 12-15 osh qoshiq
  • shakar - 200 gr
  • tuxum - 1 dona
  • tuz - 0,5 choy qoshiq
  • soda - 0,5 choy qoshiq
  • qatiq - 200 gr
  • margarin - 200 gr

Tayyorlash usuli

Tayyorlash:
  • Xona haroratida yumshagan margarin va shakarni mikserda aralashtiramiz.
  • Qatiqqa soda solib 5 daqiqa olib qo'yamiz.
  • Tuxumni o'zini yaxshilab aralashtirib qatiqni qo'shamiz va yuqoridagi massaga oz-ozdan solib, mikserda aralashtirishda davom etamiz.
  • Tuz va yumshoq xamir bo'lguncha un solinadi.
  • Qo'lga yopishmaydigan, yumshoq, mayin xamir hosil bo'ladi.
  • Selafanga solib 30 daqiqa muzlatgichga qo'yamiz.
  • Xamirni 1-2 sm qalinlikda yoyib mayda figuralar ( 50-60ta ) kesib olamiz.
  • Qizigan duxovkada 15 daqiqa(oltin rang bo'lguncha) pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!

Olmali keks 

 

Masalliqlar

  • un - 0.5 kg
  • shakar - 200 gr
  • tuxum - 2 dona
  • tuz - 1 bir chimdim
  • soda - 1 choy qoshiq
  • vanilin - 1 dona
  • qavartma - 1 dona
  • margarin - 125 gr
  • qatiq - 0.5 litr

Tayyorlash usuli

Barcha masalliqlar mikser yordamida aralashtiriladi*
  • Qatiqqa uksusda o'ldirilgan soda solib aralashtiriladi va 10 daqiqa chetga olib qo'yiladi.
  • Tuxumga shakarni asta-sekin solib mikserda ko'pirtiriladi;
  • aralashmaga tuz, vanilin, qavartma solinada aralashtiriladi*
  • xona haroratida erigan margarin solinadi va aralashtiriladi*
  • massa qatiqqa qo'shiladi va ikki massa yaxshilab aralashtiriladi*
  • massaga asta sekin un quyuq smetana holiga kelguncha aralashtirib boriladi*
  • tayyor massaga mayda to'trburchak shaklda to'g'ralgan olma qo'shib aralashtiriladi.
  • qolip yog'lanadi va massa qolipga quyiladi;
  • oldindan qizitilgan duxovkada 180 C da 45 daqiqa davomida keksni pishirib olinadi.




Комментарии

Популярные сообщения из этого блога