Salatlar
Tovuqli Salat
Masalliqlar
- piyoz - 200 gr
- tuxum - 7 dona
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- tovuq filesi - 500 gr
- mayonez - 1 ta'bga ko'ra
Tayyorlash usuli
Tuxumli blinchiklar salatga ajoyib, yoqimli ta’m beradi.Qaynatilgan tovuq filesi o‘rniga dudlangan tovuq go‘shtidan foydalansa ham bo‘ladi.
Bundan tashqari, salat yengil bo‘lishi uchun unga bodring qo‘shish ham mumkin.
Ko‘rsatilgan masalliqlar miqdoridan 6-8 portsiya salat chiqadi.
Birinchi bo‘lib, tovuq filesi tayyor bo‘lgunicha suvda qaynating (qaynab chiqqanidan so‘ng taxminan 20 daqiqa).
Go‘sht sovugandan keyin uni mayda qilib to‘g‘rang.
Piyozni ham maydalab to‘g‘rang.
Endi piyozni qaynagan suvga 10 daqiqaga solib qo‘ying, keyin suvni to‘kib, piyozni sovuq suvda chaying.
Har bir tuxumni alohida chaqib, ko‘pirtiring va tuzini rostlang. Qizdirilgan tovaga ozgina yoz solib, har ikkala tomoni qizarguncha qovurib oling.
Blinchiklarni sovutib, uzunchoq shaklda kesing.
File, piyoz, tuxumli blinchikni hammasini bitta idishga solib, ozgina tuz va mayonez soling.
Энди тайёр салатни идишларга солиб, кўкатлар билан безаган ҳолда дастурхонга тортиқ қилишингиз мумкин.
Yoqimli ishtaha!
Qush uyasi Salati
Tayyorlash usuli
Shampinonlar o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi.Tovaga 1 oshqoshiq yog‘ solib, qovurib olingach, sovutiladi.
Kartoshka juda ingichka somoncha shaklida to‘g‘raladi.
Qizdirilgan qozonda yetilganga qadar qovuriladi.
Tovuq filesi qaynatib pishirib olinadi. To‘g‘raladi, bodring va dudlangan go‘sht ham shunday shaklda to‘g‘raladi.
Kattaroq tovada qaynatib to‘g‘ralgan tuxum, qovurilgan qo‘ziqorin, tovuq, go‘sht hamda bodring aralashtiriladi. Ta'bga ko‘ra tuz, murch qo‘shib, yana aralashtiriladi.
Endi maxsus aralshma tayyorlab olinadi. Buning uchun smetana hamda xantal aralashtiriladi.
Aralashma salatga quyilib, obdon aralashtiriladi.
Tayyor salat likopcha o‘rtasiga solinadi.
Keyin somoncha shaklida atroflariga qovurib olingan kartoshka terib chiqiladi. O‘rtasi qaynatilgan bedana tuxumi bilan bezatiladi.
Rangli sabzavotli salat
Masalliqlar
- sabzi - 100 gr
- bodring - 200 gr
- kungaboqar yog'i - 1 ta'bga ko'ra
- tuz - 1 ta'bga ko'ra
- salat bargi - 1/2 bog‘
- pekin karami - 200 gr
Tayyorlash usuli
Endi salat tuzini rostlab, o‘simlik yog‘ini solib yaxshilab aralashtiring.
Комментарии
Отправить комментарий